Xorazm viloyati: Noqonuniy baliq ovlovchilar ushlandi
08.
04. 2020
13:13
5957
Yangiliklar

Xorazm viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan Amudaryoning Hazorasp tumanidan oqib o‘tuvchi qismida olib borilgan reyd tadbirlari davomida  Amudaryoning Sarimoy qishlog‘i Mechikli chegara hududidan oqib o‘tuvchi qismida Hazorasp tumanida yashovchi uch nafar fuqaro D.Qosimov, Sh.Matkarimov, M.Raxmatullaevlar noqonuniy ravishda  baliq ovlayotganlik holati aniqlandi.

Surishtiruv davomida 3 dona «Qizil kitob»ga kiritilgan Orol so‘zanbalig‘i, 39 dona har xil og‘irlikdagi laqqa baliqlari borligi aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzilish holati yuzasidan huquqbuzarlardan daliliy ashyo sifatida 17 ta tuzma qarmoqlar hamda noqonuniy ravishda  ovlangan baliqlar olib qo‘yildi.

Noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga 25 196 000 so‘m zarar yetkazilgan.

Noqonuniy ravishda ovlangan laqqa baliqlari viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseriga topshirildi.

Aniqlangan qonunbuzilish holati yuzasidan o‘rganish hamda rasmiylashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar