Toshkent shahrida “Yаshil belbog‘” loyihasiga start berildi
21.
02. 2019
14:15
7478
Yangiliklar

Toshkent shahrida “Yаshil belbog‘” loyihasiga start berildi

Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida “YAshil belbog‘” loyihasini amalga oshirishni boshladi.

“YAshil belbog‘” loyihasi Toshkent shahar xalqa avtomobil yo‘li atrofida bosqichma-bosqich, xususan birinchi bosqich 2019 yilning bahor oyida (20 fevraldan 20 aprelga qadar), ikkinchi bosqich kuz mavsumida (20 oktyabrdan 20 dekabrga qadar) amalga oshiriladi. Unda shahar iqlimiga mos, suvsizlikka chidamli, tez o‘sadigan yaproq va igna bargli daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha doirasida  Obodonlashtirish bosh boshqarmasi va obodonlashtirish boshqarmalari mutaxassislaridan iborat guruhlar shakllantiriladi, shuningdek,  joylarda tuman hokimliklari, korxona va tashkilotlar tomonidan  belgilangan maydonlarda manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlarini to‘liq ekilishi va ularni o‘zlari tomonidan barcha agrotexnika talablari asosida parvarish qilinishi ta’minalanadi.

Foydali manbalar