Toshkent: Transportlardan tashlanadigan chiqindilarning kamayganiga ishonasizmi?
02.
04. 2020
21:25
5413
News

Axborot vositalari orqali 2020 yil 30 martdan 20 aprelga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtotransport vositalari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma(stiker)lar asosida harakatlanishi mumkinligi to‘g‘risidagi xabarlarni eshitgan bo‘lsangiz kerak.

Xo‘sh, fuqarolarimiz o‘z uylarida o‘tirib sog‘liqlarini asrayotganlari bilan bir qatorda, o‘zlarining shaxsiy avtotransport voistalaridan chiqadigan tashlanmalarning kamayishiga ijobiy ma’noda ta’sir ko‘rastayotganliklarini anglayotganmikin.

Ma’lumot va raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tizimi orqali so‘ngi soatlarga qadar aholidan maxsus ruxsatnoma olish talabidagi 98 mingdan ortiq arizalar kelgan bo‘lsa, shundan 6 265 tasiga ijobiy va 6 324 tasiga rad xulosalari berilgan. Toshkent shahri Davlat xizmatlari markazlariga esa bevosita 20 000 dan ortiq fuqarolar tashrifi kuzatilgan.

Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi, o‘zi poytaxtimizda qancha transport vositalari mavjud, ularning harakatlanishi oqibatida o‘z navbatida atmosfera havosiga qancha tashlanmalar tashlanadi. Albatta buni javobi bor, Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi ushbu yo‘nalishdagi hisob-kitoblar bo‘yicha ham tizimli ishlarni yo‘lga qo‘ygan.

Masalan, joriy yilning boshiga Toshkent shahrida umumiy 460 mingdan ortiq transport vositalari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, shundan 396 ming tasi yoki 86 % hususiy sektorlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu transportlardan bir yilda o‘rtacha 400 ming tonna tashlanmalar atmosfera havosiga tashlanadi.

Agarda, joriy etilgan karantin (cheklovchi tadbirlar) davrida 10 ming yaqin transportlarning harakatlanishiga ruxsat berilib, qolgan 450 mingga yaqini vaqtinchalik to‘xtalishi natijasida tabiiy ravishda bir oyning o‘zida atmosferaga 32,5 ming tonnadan ortiq zararli gazlarning tashlanishining oldi olinadi.

Bu bilan, fuqarolarimiz karantin davrida nafaqat o‘z sog‘liqlariga be-e’tibor bo‘lmaydilar, balki atrof-muhit musaffoligini ta’minlashga ham o‘z hissalarini qo‘shgan bo‘ladilar.

Binobarin, hozirgi yurtimizda vaqtinchalik hukumron bo‘lib turgan sinovli davrlarda biz o‘z avtotransport vositlaridan foydalanishni vaqtinchalik cheklab, uning o‘rniga faqatgina zarurat bo‘lsagina velosipedda yoki piyoda harakatlanadigan bo‘lsak, nafaqat o‘rnatilgan qoidalarga amal qilgan bo‘lamiz, balki o‘z sog‘lig‘imiz hamda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yosh avlodlarimiz sog‘liqlari haqida ham qayg‘urgan bo‘lamiz!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources