O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisi ishtirokidagi uchrashuv
31.
07. 2019
20:27
6062
News

2019 yilning 30 iyul kuni Belorus Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish vazirligi Davlat ekologik ekspertiza respublika markazida O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisi Bahrom Qo’chqorov mazkur Markaz direktori Mixail Simonyuk boshchiligidagi hamda «Bel NITs "Ekologiya"» davlat unitar korxonasi direktori Ruslan Mixalevich boshchiligidagi mutaxassislar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

O’zaro anglashuv, konstruktiv va ochiq muhitda o’tgan muzokaralar davomida ikkala tomon ekologik ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasi, shuningdek, chiqindilarni kompleks boshqarish yo’nalishida o’zaro xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashinish maqsadida ikki tomonlama o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qiziqish bildirdilar.

Useful resources