Toshkent viloyatida 198 ta daraxt noqonuniy ravishda kesilgan
30.
01. 2019
10:11
7707
Yangiliklar

Toshkent viloyatida 198 ta daraxt noqonuniy ravishda kesilgan

Operatsion- profilaktik tadbirlar jarayonida Toshkent viloyat hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari noqonuniy ravishda kesilgan daraxtlarni(karag’och, aylant, archa, akasiya) aniqladilar.

Parkent tumanidagi Ko’shchinor parkining hududida inspektorlar qayrag’och, aylant, archa va akatsiya kabi ostidan kesilgan 280 daraxtni topdilar.

Bu yerda sport majmuasi qurilishi rejalashtirilgan. Tashkilotchilarga Parkent tumani hokimiyati tomonidan(2018 yil 24 dekabrdagi 3128-son buyrug'iga asosan), 82 ta daraxtlar: 35 ta aylant, 15 ta qayrag’och, 10 ta terak, 10 ta akatsiya va 12 ta archa daraxtlarini kesishga ruxsat berilgan.

Shunday qilib, 198 daraxt noqonuniy kesildi. O'simlik dunyosiga etkazilgan zarar miqdori 229,9 mln. so'mni tashkil etdi.

Belgilangan huquqbuzarliklar to'g'risidagi hujjatlar prokuratura organlariga topshirildi.

Foydali manbalar