Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan onlayn tarzda masofaviy o‘qish amalga oshirildi
18.
05. 2020
15:43
5527
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan Qo‘mita tizimidagi davlat inspektorlarning kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borish maqsadida onlayn tarzda masofaviy o‘qitish joriy etildi.

Ekologik ekpertiza, ekologik me’yorlashtirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash mavzusida onlayn tarzda masofaviy o‘qish amalga oshirildi.

Davlat inspektorlarini masofadan onlayn tarzda (videoma’ruza) o‘qitishda zamonaviy o‘quv-amaliy usullardan foydalanilmoqda.
 

Eslatma: Ushbu onlayn tarzdagi masofaviy o‘qish har xaftaning juma kuni soat 16:00 dan 18:00 ga qadar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha viloyat, tuman (shahar) inspektsiya boshliqlari va davlat inspektorlari uchun doimiy ravishda o‘tkazib boriladi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

Foydali manbalar