Hisor davlat qo‘riqxonasi bo‘ylab sayohat!
18.
05. 2020
15:32
11672
Yangiliklar

Hisor davlat ko‘riqxonasining o‘simliklar dunyosi juda boy va xilma-xildir.

Qo‘riqxona hududida 910 turdagi o‘simliklar o‘sishi aniqlangan. Ular 81 oilaga kiruvchi 384 turkumga mansub, shundan kamyob va yo‘kolib borayotgan 30 turi O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan.

Dilband lola, Ulug‘ lola, Nor shirach, Oq parpi, Sunbul kovrak, O‘zbekiston chinniguli, shular jumlasidandir.

Pomir-Oloy tot tizimida endemik hisoblangan o‘simliklarning turi 80dan ortiq bo‘lib, ulardan qo‘riqxona hududida Qichik va Qatta yuno, Aleksey piyozi, Fedchenko piyozi,Tog‘bargli piyoz, Rozinbax piyozi, O‘zbekiston chinniguli, Boborov va Kudryashev astragallari, Olta, Tubergen, Chimyon lolalari o‘sadi.

Ko‘riqxona hududida o‘sadigan o‘simliklarning 250 turdan ortigi dorivor va ozukabob hisoblanadi. Ulardan qirkbug‘im, zira, zirk, oltin tomir, chakanda, rivoch, buymadaron, shuvok, toron, saleb, ruyan, sumbul, kiyik o‘ti, kizil poycha xalq tabobatida, Oshanin piyozi, tog‘bargli piyoz, rivoch, zira, alqor kabilar maxalliy xalk tomonidan ozukabob o‘simlik sifatida ko‘p ishlatiladi.
 

   
   
   
   
   
   
   

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar