Sirdaryo viloyati: Sardoba – hudud obodligi, aholi farovonligi yo‘lida!
05.
05. 2020
10:28
5547
Yangiliklar

Bugun butun mamlakatimiz e’tibori Sardoba tumanidagi tabiiy ofat asoratlarini bartaraf etishga, suv toshqinidan aziyat chekkan aholiga moddiy yordam ko‘rsatishga, ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Davlatimiz rahbari tomonidan aholi salomatligini saqlash, talafot ko‘rganlarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy ob’ektlar va qishloq xo‘jaligi maydonlarini tezroq tiklash bo‘yicha belgilab berilgan dolzarb masalalarni vaqtida hal etish mazkur hudud obodligi, aholi farovonligini qisqa muddatlarda oshirishga ko‘maklashish maqsadida Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan mazkur hududga jami 54 ta maxsus texnikalar (assenizator, samosval, avtoyuklagich), shuningdek, tizimdan 188 nafar inspektor, haydovchi, mexanizator va boshqa mutaxassislar safarbar etildi.

3 may kuni Oqoltin tumanida aholi xonadonlarida to‘planib qolgan 1 400 m3 suv chiqarildi, Mirzaobod hamda Sardoba tumanlarida esa 977 tonna chiqindi olib chiqib ketildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar