Jizzax viloyati: Karantin hududidagi chiqindilar kuydirilib yo‘q qilinadi
01.
05. 2020
15:23
5505
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi raisining 2020 yil, 6 apreldagi 01-04/1-46-sonli topshirig‘iniing ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyatida «COVID-19» kasalligi pandemiyasi bo‘yicha karantinga olingan tibbiyot muassasalari va aholi xonadonlarida hosil bo‘layotgan maishiy, qattiq va tibbiyot chiqindilarini gigienik talablarga rioya qilgan holda belgilangan tartibda bartaraf etish sanitar tizimi xodimlaridan katta mas’uliyat talab etiladi. Shuning uchun ham bunday ishlarga IIB, sanitariya va gigiena osoyishtalik markazi xodimlari ham jalb etilmoqda.

Jizzax viloyati «Toza hudud» DUK tomonidan bu ishlarga uch dona texnika va 6 nafar xodim jalb etilgan bo‘lib, shu kungacha karantinga olingan hududlardan jami 31,4 m.kub hajmdagi, shundan tibbiyot muassasalaridan 20,7 m.kub, karantinga olingan aholi xonadonlaridan 10,7 m.kub hajmdagi chiqindilar belgilangan chiqarilib, maxsus xandaqlarda kuydirilib yuq qilindi. Ishchi xodimlar esa maxsus himoya va antiseptik vositalar bilan to‘liq ta’minlangan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar