Andijon viloyati: Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbariyati tomonidan klasterlar faoliyati o‘rganilmoqda
28.
04. 2020
10:36
5534
Yangiliklar

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari I.Boqijonov Andijon shahridagi «ANDIJON SPECIAL ECO TRANS» MChJ (klaster)iga tashrif buyurdi. U qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish poligoni, chiqindilarni saralash, qayta ishlash jarayoni, umuman, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tanishish asnosida viloyatdagi bir qator sanitar tozalash xususiy korxonalari o‘z faoliyati davomida qator muammolarga duch kelayotganligi ayon bo‘ldi.

Rais o‘rinbosari korxona mutasaddilariga o‘rganilgan muammolar va takliflar asnosida tegishincha hujjatlar tayyorlab, 2 kun muddatda Davlat ekologiya qo‘mitasiga takdim etishlarini ta’kidlab o‘tdi.

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar