Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari I.Boqijonov boshchiligidagi mutasaddilar Toshkent viloyatiga tashrif buyurishdi
27.
04. 2020
18:51
5868
Yangiliklar

Toshkent viloyati hududida qurilish chiqindilari uchun poligon ajratish masalasida Qibray tumani «Tuzel» MFY yig‘ini hududida sobiq Nerudnik koni o‘rnida hosil bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishdi.

Tashrif davomida Qibray tumani «Tuzel» MFY hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosining o‘ng va chap qirg‘oqlariga to‘kib ketilgan qurilish chiqindilaridan iborat ayanchli holat tanqid ostiga olindi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Jumladan, rais o‘rinbosari ushbu hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ekologik holatni yaxshilash maqsadida, ayniqsa, yon-atrofga turli xil chiqindilarning to‘kib ketilishini oldini olish maqsadida onlayn kameralar o‘rnatish borasida o‘z ko‘rsatma va takliflarini berdi. Bu, o‘z navbatida, ekologiya inspektorlariga kamera orqali jarayonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkonini beradi.
 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar