Surxondaryo viloyati: o‘zboshimchalik cho‘ntakka ziyon bo‘ldi
27.
04. 2020
16:55
5299
Yangiliklar

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Uzun tumani inspektsiyasi xodimlari tomonidan muntazam reydlar o‘tkazilib kelinmoqda. Reydlar davomida huquqbuzarlikni bartaraf etish ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Jumladan Uzun tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor reyd davomida «Jonchekka» mahallasida yashovchi fuqaro X.S. qurilish ashyolarini ochiq alanga ostida yoqayotganligi aniqlandi.

Huquqbuzar Atmosfera havosini muhofaza qilish talablarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun unga nisbatan MJtKning 88-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar