Andijon viloyati: «Muqanna» mahallasi chiqindilar makonimi?
27.
04. 2020
12:52
5766
Yangiliklar

Baliqchi tumani inspektsiyasi tomonidan muntazam reyd tadbirlari o‘tkazilib, unda noqonuniy chiqindixonalar aniqlanib, bartaraf etilmoqda.

Xususan, navbatdagi reyd davomida Baliqchi tumani «Muqanna» mahallasi hududida aholi tomonidan katta hajmdagi noqonuniy chiqindixona paydo qilinganligi aniqlandi. Chiqindixona inspektsiya va «Toza hudud» DUK tuman filiali xodimlari, mahalla faollari bilan hamkorlikda maxsus texnikalar jalb etilgan holda bartaraf etildi.

Mazkur holat yuzasidan mahalla raisiga ogohlantirish berildi va aholiga chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Hurmatli yurtdoshlar! Doimo ko‘chalar, hovlilar, ko‘p qavatli uylar atroflarini pokiza saqlanishiga g‘oyatda e’tiborli bo‘laylik! Chiqindilarni belgilangan joylarga olib borib tashlaylik!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar