Samarqand viloyati: Suv obektlarini muhofaza qilish doimiy nazoratda
24.
04. 2020
16:55
6107
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 sentyabrdagi «Suv obektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-3286 sonli qarori va boshqarma boshlig‘ining 2020 yil 7 yanvardagi 1-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan Samarqand viloyatining Toyloq, Oqdaryo va Nurobod tumanlari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi xodimlari tomonidan joriy yilning 23-24 aprel kunlari o‘tkazilgan nazorat reyd tadbirlari davomida mazkur tumanlar hududlaridan oqib o‘tuvchi «Darg‘om» kanali hamda «Oqdaryo» daryosining suvni muhofaza mintaqasidan qum-shag‘al aralashmalarini va Nurobod tumani hududidagi tepalik va qirlardan tog‘ toshlarini noqonuniy qazib olinayotgan holatlar aniqlanib.

Huquqbuzar fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni, «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonun talablarini buzganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan javobgarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib uchala holat bo‘yicha har bir fuqaroga 2 230 000 so‘mdan jami 6 690 000 so‘m jarima qo‘llanildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar