TAYINLOV
22.
04. 2020
10:09
7420
Yangiliklar
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 17 apreldagi PQ-4683-son Qarori bilan Oblomurodov Narzullo Naimovich O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Oblomurodov Narzullo Naimovich ayni paytga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Xalq qabulxonalari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish sho‘‘basi mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan edi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 17 apreldagi PQ-4683-son Qarori bilan Boqijonov Islombek Ismoilovich O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Boqijonov Islombek Ismoilovich ayni paytga qadar Samarqand shahri hokimligi qoshidagi «MAROQAND OBOD» davlat unitar korxonasi direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan edi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar