Navoiy viloyati: Noqonuniy faoliyatga chek qo‘yildi
21.
04. 2020
21:57
5677
Yangiliklar

Navoiy viloyati Tomdi tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi tomonidan navbatdagi tezkor reyd tadbirlari davomida Tomdi tuman cho‘l hududidan Buxoro viloyati «Paxtaobod» QFY fuqarosi S.A. tomonidan o‘z boshqaruvidagi HYUNDAI yuk yuklovchi og‘ir texnika ko‘magida noqonuniy ravishda umumtarqalgan foydali qazilmalar qum-shag‘al aralashmasini hech kanday ruxsatsiz belgilanmagan joydan qazib olib, yuk avtomashinalariga yuklayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan 2 mln 230 ming so‘m miqdorda jarima belgilandi.

 

 

Press-slujba Goskomekologii
Respubliki Uzbekistan

 


 

Foydali manbalar