Amu Buxora kanalidagi reyd tafsiloti: noqonuniy baliq ovlovchilar javobgarlikka tortildilar
20.
04. 2020
20:52
5361
Yangiliklar

2020 yil aprel oyi boshlarida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Amu Buxora kanalining troynik qismida noqonuniy baliq ovlanayotgan holat tasvirga tushirilgan video yuzasidan aniqlik kiritish maqsadida 2020 yil 9 aprel kuni Navoiy viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd tadbirida Qiziltepa tumani «Varozun» mahallasida yashovchi fuqaro Fayziev J. hamda ushbu tumanning «Oqsoch» mahallasida yashovchi fuqaro Jo‘raev Sh. o‘ziga tegishli bo‘lgan motorli rezina qayiq bilan joriy yilning 2 aprel kuni Amu Buxora kanalining troynik qismida noqonuniy tarzda 38 dona oq amur baliqlarini ovlanganligi ma’lum bo‘ldi.

Tezkor reyd vaqtida ushbu fuqarolarga tegishli bo‘lgan rezina qayiqlar vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yildi, huquqbuzarlar tomonidan tabiatga yetkazilgan 16 948 000 so‘mni tashkil etdi. To‘plangan hujjatlar MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan Qiziltepa tuman ma’muriy sudiga yuborilishi uchun tayyorlanmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar