Andijon viloyati: Noqonuniy faoliyatga barham berildi
20.
04. 2020
18:45
5560
Yangiliklar

Andijon viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Nazorat inspektsiyasi tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida Ulug‘nor tumani «Ilyosbek savdo fayz» MChJga qarashli hududda fuqaro F.K. tomonidan o‘zining shaxsiy ekskovatorida noqonuniy ravishda keng tarqalgan foydali qazilma (qum)ni o‘zboshimchalik bilan qazib olayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan huquqbuzar fuqaro F.K.ga nisbatan MJtKning 70-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n barobari, ya’ni 2 230 000 so‘m miqdorida ma’muriy jarima ko‘llanilib, to‘liq undirib olindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar