Sirdaryo viloyati: Tabiatning har bir ne’matini qadriga yetaylik!
20.
04. 2020
12:39
5285
Yangiliklar

Joriy yilning 19 aprel kuni Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Mirzaobod tuman inspektsiya xodimlari navbatdagi reyd tadbirini o‘tkazishdi. Bu galgi reyd tadbiri Mirzaobod tumanidagi «Navro‘z» MFY hududi etib belgilandi. Buni qarangki, soha xodimlari ushbu hududga tashrif buyurganda g‘isht ortayotgan avtomashinasiga guvoh bo‘lishdi.

Aniqlanishicha, «Yangiyo‘l» mahallasida yashovchi fuqaro R.Toshboev «Navro‘z» MFY hududida dala chetidagi bo‘sh yer maydonda umumtarqalgan foydali qazilma tuprog‘ining yuza qismidan g‘isht qilib kesish, ortish, yuklash ishlari bilan shug‘ullanib kelgan. Fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 17-47-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksning 70-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar