Andijon viloyati: Tarki odat – amri mahol...mi?
20.
04. 2020
12:21
5603
Yangiliklar

Qo‘rg‘ontepa tumani inspektsiyasi tomonidan muntazam reyd tadbirlari o‘tkazilib, unda noqonuniy chiqindixonalar aniqlanib, bartaraf etilmoqda.

Xususan, navbatdagi reyd davomida Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahar, «Uch tegirmon» MFY Terakzor ko‘chasi hududida noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi. Chiqindilarni olib chiqib ketishda inspektsiya xodimlari, mahalla faollari va homiy tashlikotlar bilan hamkorlikda chiqindixona o‘z vaqtida bartaraf etildi.

Shu bilan birga, mazkur holat yuzasidan mahalla raisiga ogohlantirish berildi va aholiga chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Hurmatli yurtdoshlar! Doimo ko‘chalar, hovlilar, ko‘p qavatli uylar atroflarini pokiza saqlanishiga g‘oyatda e’tibor bo‘laylik!

Chiqindilarni belgilangan joylarga olib borib tashlaylik!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar