Qashqadaryo viloyati: Nishon tumanidagi murojaat o‘rganildi
16.
04. 2020
20:18
5611
Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Nishon tumani nazorat inspektsiyasi inspektorlari tomonidan ijtimoiy tarmoqda Nishon tumanida 50 yillik archalar kesib tashlanganligi to‘g‘risidagi holat o‘rganildi. O‘rganish davomida aprel oyi seryog‘in kelganligi va 8 - 9 aprel kunlari qor yog‘ganligi sababli 3 tup tuya daraxti inson hayotiga xavf ko‘rsatish darajasida ekanligi aniqlandi.

Tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan daraxtlarni obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarini jalb etgan holda tegishli tartibda yig‘ishtirib olinganligi aniqlandi.

Inspektorlar tomonidan tabiiy ofat natijasida shikastlangan daraxtlar o‘rniga daraxt ekish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi va ushbu hududga turli xil gullar ekildi.


Ma’lumot uchun:
Joriy yilning 7-9 aprel kunlari tabiiy ofat natijasida Qashqadaryo viloyati xududida 336 ta daraxstlarga zarar yetgan shundan 128 ta daraxtlarni shoxi singan, 208 ta daraxtlar tag qismidan ag‘anagan, bugungi kunda barcha zarar yetgan daraxtlar yig‘ishtirib olingan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar