Andijon viloyati: Munosabat
15.
04. 2020
18:39
5950
Yangiliklar

Joriy yilning 9 aprel kuni fuqarolar tomonidan Koronavirusga qarshi kurash ketayotgan bir vaqtda Andijon va Buloqboshi tumanlari chegarasida joylashgan «ECO CLEAN TRANS» xususiy korxonasi atrofi axlat bo‘lib yotgani to‘g‘risidagi murojaat yuzasidan Andijon viloyati Ekologiya va atrof muxitni muhofaza qilish boshkarmasi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ushbu murojaat 2020 yilning 9 aprel kuni Andijon viloyat hokimi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi ishtirokida joyiga borib o‘rganildi.

Andijon – Buloqboshi avtomobil yo‘lining adirlik qismidan joylashgan «ECO CLEAN TRANS» MChJ 2018 yildan boshlab Andijon shahrida yashovchi aholi va yuridik tashkilotlar tomonidan kunlik hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish va qayta ishlash klasteri faoliyatini olib bormoqda. Ushbu korxona ma’lum sabalarga ko‘ra qayta ishlab chiqarish to‘htab qolganligi sababli, Andijon shahar hududidan kunlik hosil bo‘layotgan qattiq maishiy chiqindilarni poligonga tartibsiz joylashtirish natijasida bunday holga kelgani aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan zuddlik bilan mutasaddi tashkilot vakillariga tegishli topshiriqlar berildi. Andijon – Buloqboshi avtomobil yo‘lining adirlik qismidan qolgan chiqindilarni tartibga keltirish va ko‘mish ishlari boshlab yuborildi. Viloyat hokimini topshirig‘iga asosan Andijon – Buloqboshi avtomobil yo‘lining adirlik yon atroflari tozalov ishlari jadal olib borilib ushbu joylar daraxt ekish ishlarini olib borishi belgilab berildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar