Namangan viloyati ekologiya va atrof muhitni boshqarmasi inspektorlari tomonidan 5-6 aprel kunlari reyd tadbirlari o‘tkazildi. Reyd davomida Mingbuloq tumanidagi Sirdaryo daryosida bir guruh brakonerlar noqonuniy ravishda baliq ovlayotgan vaqtida ushlandi.
Ashyoviy dalil sifatida ulardan 1 dona rezina qayiq, 82 dona baliq, 2 dona akkumulyator, 1 dona elektr kuchaytirish moslamasi, 1 dona elektroudochka olib qo‘yildi.
MJtKning 90-moddasi bilan bayonnomalar rasmiylashtirildi va xuquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun tayyorlanmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati