Surxondaryo viloyati: Chiqindilarni belgilangan joyga tashlang!
07.
04. 2020
17:05
5448
Yangiliklar

2020 yil 7 aprel kuni Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Sho‘rchi tuman inspektsiyasi davlat inspektorlari tomonidan reyd tadbiri o‘tkazildi.

O‘tkazilgan reyd tadbiri davomida Sho‘rchi tumani «Bobur» mahallasi A.Temur ko‘chasi yoqasiga fuqaro Ch.M. tomonidan belgilanmagan joyga maishiy chiqindilarni tashlaganlik holati aniqlandi. Fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 91-pr-1-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining yarim barobari, ya’ni 111 500 so‘m miqdorida ma’muriy jarima belgilandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar