Toshkent viloyati: Chirchiq daryosi bo‘ylab nazorat tadbirlari davom etmoqda
06.
04. 2020
18:26
5969
Yangiliklar

Davlat ekologiya qo‘mitasi davlat inspektorlari tomonidan Toshkent viloyati va Toshkent shahar hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi o‘zanida va atrofida reyd tadbirlari olib borildi.

Reyd tadbirlari davomida Chirchiq shahar 7-sonli «Muruvvat» MFY hududidan Chirchiq daryosiga tutash bo‘lgan qismida noma’lum shaxslar tomonidan belgilanmagan joylarga qurilish chiqindilari tashlab ketilganligi holati kuzatildi. Ushbu hududda aniqlangan taxminan 500-700 m³ hajmdagi chiqindilar tadbirkorlar bilan hamkorlikda maxsus texnikalar yordamida bartaraf etildi.

Shuningdek, Bo‘stonliq tumanida daryo yaqinida joylashgan choyxona shaxobchalarga ogohlantirish xatlari tarqatilib, belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan 2 ta holat aniqlanib MJtKning 91-moddasi bilan ma’muriy jarimaga tortildi.

Chirchiq daryosing Yuqorichirchiq tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismida no’malum shaxslar tomonidan qurilish chiqindilari tashlab ketilishi natijasida hosil bo‘lgan sun’iy chiqindixona, nazorat bo‘yicha Yuqorichirchiq tumani inspektsiyasi tomonidan shu hududga yaqin yerda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan birgalikda tozalanib, bartaraf etildi.

Chirchiq daryosing Quyichirchiq tumani hududida o‘tkazilgan reyd natijasida «Mevazor» MFYda yashovchi fuqaro T.M. Abdixoyov daryo bo‘yida maishiy chiqindilarni tashlaganligi uchun ma’muriy jarima choralari ko‘rilib, yaqin atrofda istiqomat qilib kelayotgan aholiga profilaktika tushuntirish ishlari olib borildi.

Yangiyo‘l tuman hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi bo‘ylarida faoliyat yuritib kelayotgan korxonalarga 39 ta ogohlantirish xatlari tarqatildi. Bundan tashqari nazorat tadbiri davomida Sh.Ro‘zmetov hamda B.Sultannazarovlar tomonidan daryo bo‘yiga maishiy chiqindilar tashlaganlari oqibatida qonunbuzarlarga tegishli tartibda ma’muriy jarima qo‘llanildi. Bundan tashqari Chirchiq daryosining quyi qismidan oqib o‘tuvchi muhofaza zonasida belgilanmagan joyda qurilish chiqindilari to‘planganligi aniqlanib, Chirchiq daryosi yaqinida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlarni jalb qilgan holda xashar yo‘li bilan ushbu to‘planib qolgan  chiqindilar bartaraf etildi.

Qibray tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi qirg‘oqlariga noqonuniy ravishda qurilish chiqindilarini to‘kib ketish natijasida jami 7 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, qonunbuzarlarga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari Chirchiq daryosi bo‘ylarida qum-shag‘al qazib olish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar ishtirokida maxsus texnikalar jalb etilgan daryo bo‘yiga to‘kib ketilgan qurilish chiqindilar bartaraf etildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 oktyabr kunidagi 787-sonli qarori bo‘yicha jami 7 ta ogohlantirish xatlari tarqatildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar