Davlat ekologiya ekspertiza markazi: E’lon!
02.
04. 2020
15:49
5759
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2020 yil 23 martdagi 176-son qaroriga asosan Davlat ekologik ekspertizasi markazining ishi masofaviy tarzda tashkil etilgan. Shunga ko‘ra atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga kiradigan faoliyat turlari uchun (yuqori va o‘rtacha darajada xavfli) ishlab chiqilgan loyihalar va hujjatlar elektron tarzda qabul qilinmoqda. Davlat ekologik ekspertiza hulosalari va shartnomalar ham elektron tarzda ko‘rsatilgan elektron manzilga yuborilmoqda.

Loyihalar va hujjatlar PDF formatida taqdim etilishi hamda buyurtmachining elektron manzili va aloqa uchun telefon raqami ko‘rsatilishi shart.

Elektron pochta manzili: ecoekspertiza@uznature.uz

Murojaat uchun telefon: (+998) 71 207-07-70 (ir. 2002#)

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar