![](/uploads/2020-03-31_1920main.jpg)
Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan Denov tumanida o‘tkazilgan tezkor reyd jarayonida «Kushon-Taraqqiyot» xususiy korxonasiga qarashli Denov tumanida faoliyat olib borayotgan xo‘jalik qog‘ozi ishlab chiqarish tsehidan hosil bo‘ladigan oqova suv to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuman hududidan oqib o‘tuvchi «Qizilsuv» daryosiga oqizilishi holati aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan qonunda belgilangan tartibda korxonada tekshiruv o‘tkazildi hamda laboratoriya tahlili uchun namunalar olindi.
Tekshirish davomida «Kushon-Taraqqiyot» xususiy korxonasi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi «Suv va suvdang foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni 99-moddasi talabini buzgan holda faoliyat olib borayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan «Kushon-Taraqqiyot» xususiy korxonasi rahbari B.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 72-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari (1 mln 115 ming so‘m) miqdorida ma’muriy jarima belgilandi.
Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar korxona faoliyati 10 kun muddatga vaqtinchalik to‘xtatildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati