Qashqadaryoda bir dona «Kichik turna» yarador holda topildi
31.
03. 2020
17:52
6606
Yangiliklar

Turnalar yirik, oyoqlari va bo‘yni uzun, qanotlari nisbatan keng. O‘zbekistonda turnalar turli turlarining uchib o‘tish davrida uchraydi. Janubiy viloyatlarda kulrang turna qishlab ham qoladi. Oq turna O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

G‘uzor tumani «Chaqar» MFYda yashovchi fuqaro Q.J. o‘zining chorva mollarini G‘uzor daryosi atrofidan haydab kelayotgan vaqtida 1 dona turnanining bir oyog‘i singgan holda ko‘rib, uni uyiga olib kelib, birinchi yordam sifatida oyog‘ini bog‘lab qo‘ygan.

Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tamiz, topilgan turna «Kichik turna»dir. Hozirda ushbu turna Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi G‘uzor tuman nazorat inspektsiyasi nazoratida. Turnani tegishli tartibda tegishli joyga joylashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar