Qor qoploni, Turkiston silovsini va Sibir tog‘ echkisi video kamera ob’ektivida
26.
03. 2020
14:27
6021
Yangiliklar

Hisor davlat qo‘riqxonasining ilmiy xodimlari tomonidan 17-20 mart kunlari qo‘riqxonaning Tanxozdaryo bo‘limi hududida bo‘lib, Kurkurak, Novterak, Sarituz, Gandagarim, Qashqabuloq, Quralay va Takalik soylaridagi o‘simliklar, hayvonlar va tabiatdagi o‘zgarishlar yuzasidan ilmiy kuzatish ishlarini olib bordilar.

Natijada yuqoridagi ko‘rsatilgan soylarda qoplon izlari va 3 ta qoplon ahlatlari genetik tahlil uchun yig‘ib olindi.

Qo‘riqxonada o‘rnatgan yashirin kameralari 20 mart kuni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Qor qoploni, Turkiston silovsini va oddiy tur bo‘lgan Sibir tog‘ echkilarini kamera ob’ektiviga muhrladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar