Qashqadaryo viloyati: 100 350 000 so‘m zararni fuqarolik tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha sud qarori rasmiylashtirildi
26.
03. 2020
14:04
5802
Yangiliklar

2020 yil fevral oyida Qarshi tumani «Charag‘il» MFY hududida o‘tkazilgan nazorat reyd tadbiri davomida «Toshqul bobo» fermer xo‘jaligi raisi B.U. fermer xo‘jaligi dala maydoni chetiga ixota sifatida ekilgan ko‘p yillik 4 tup chinorni hech qanday ruhsatsiz kesib tashlaganligi aniqlanib.

Qashqadaryo viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan fermer xo‘jaligi raisi B.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan edi.

Noqonuniy kesilgan ko‘p yillik chinor daraxtlari zarari 100 350 000 so‘mni tashkil etganligi bois O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 245-moddasi 3-qismiga asosan tegishli chora ko‘rish masadida to‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda Qarshi tuman Ma’muriy Sudiga yuborildi.

Qarshi tuman Ma’muriy sudi ushbu huquqbuzarlikni ko‘rib chiqib, fermer xo‘jaligi raisi B.U.ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdori o‘n barobari miqdorida jarima va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 100 350 000 so‘m zararni fuqarolik tartibida ko‘rib chiqish yuzasidan sud qarori rasmiylashtirildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar