![](/uploads/2020-03-19_1930main.jpg)
Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Bektemir tumani davlat inspektsiyasi tomonidan Bektemir tumani «Suvsoz» dahasida joylashgan «Krassnetskiy» nomidagi 1-sonli Bolalar-o‘smirlar sport maktabi hududida 18 tup terak daraxti noqonuniy kesilishi holati aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan 1-sonli Bolalar-o‘smirlar sport maktab rahbari B.Z.A. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasiga asosan eng kam oylik bazaviy miqdorining 20 barobari, ya’ni 4 mln 460 ming so‘m jarimaga tortildi hamda 18 tup terakning noqonuniy kesilishi oqibatida o‘simlik dunyosiga 96 mln 670,5 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Daliliy ashyo sifatida 2 dona yog‘och bolta va 1 dona «5200» rusumli benzapila olib qo‘yilgan.
To‘plangan hujjatlar Bektemir tuman prokuraturasiga yuborildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati