Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma olish uchun arizalar qog‘oz shaklida qabul qilish amaliyoti to‘xtatilga to‘g‘risida
19.
03. 2020
18:49
5720
Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining «2018-2020 yillar davrida faqat davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalini tasdiqlash to‘g‘risida» 2017 yil 25 apreldagi 239-son qarori asosida yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma olish 2020 yil 5 mart kunidan boshlab elektron tartibda Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz/uz) orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.

Shu sababdan yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma olish uchun arizalar qog‘oz shaklida qabul qilish amaliyoti to‘xtatilganligi, shuningdek, ruxsatnomalar elektron tarzda Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali rasmiylashtirilishi ma’lum qilinadi. 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


Foydali manbalar