Xorazm viloyati: Noqonuniy baliq "ovchi"lari ushlandi
19.
03. 2020
17:30
5320
Yangiliklar

Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat buyicha inspektsiya tomonidan 2020 yil 19 mart kuni o‘tkazilgan reyd tadbirida Pitnak shahrida yashovchi fuqarolar B.S. va M.S. lar noqonuniy  ravishda baliq ovlayotganliklari aniklanib, O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 90-moddasi 4 -qismiga muvofiq hujjatlar rasmiylashtirildi.

Fuqarolardan 55 metrlik suzma to‘r va 2 ta rezina qayiq ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. To‘plangan hujjatlar MJtK ning 245-moddasiga muvofiq mamuriy ishlar bo‘yicha sud idoralariga yuborilish uchun tayyorlanmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar