Navoiy viloyati Karmana tumanida Ekologik reyd o‘tkazildi
18.
03. 2020
17:30
5669
Yangiliklar

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiya 2020 yil mart oyida Karmana tumani hududida tezkor ekologik reyd o‘tkazildi.

Karmana tumani hududida ekologik reyd tadbiri davomida Karmana tumani Bog‘ishamol MFY hududida yashovchi fuqaro Sh.Xamroev eski ta’mirtalab binoning tom qismini qo‘lbola usulda, ochiq alanga oldirib bitum eritayotgan vaqtida inspektorlar tomonidan mazkur holat to‘xtatildi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, 223 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar