Qashqadaryo viloyati: Reyd tafsiloti – tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablarini buzgan shaxs javobgarlikka tortildi
18.
03. 2020
11:05
5453
Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Kitob tuman nazorat inspektsiyasi tomonidan hududda navbatdagi ekologik nazorat reyd o‘tkazildi.

Reyd davomida fuqaro E.Yu. tomonidan yo‘l yoqasida qurilishdan hamda uy ro‘zg‘oridan hosil bo‘lgan chiqindilarni yoqayotgan holat aniqlandi. Ushbu huquqbuzarlik bilan bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasining «Chiqindilar to‘g‘risida», «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida» qonunlar talablari buzilgan. Shuningdek, inspektsiya xodimlari huquqbuzarga chiqindilarni yoqish nafaqat atmosfera havosi, balki yon-atrofda yashayotgan aholi salomatligiga salbiy ta’sir qilishi, ba’zi hollarda esa fojea bilan yakun topishi haqida batafsil tushuntirish berib o‘tdilar.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar