![](/uploads/2020-03-16_1850main.jpg)
Joriy yilning 16 mart kuni Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor ekologik reyd davomida Buxoro shahrining Ibn Sino MFY 3-uyida istiqomat qiluvchi fuqaro A.J. tomonidan o‘zi yashab turgan xonadonida qurilish hamda maishiy chiqindilarni ochiq alanga oldirib yoqayotganlik holati aniqlandi. Holat yuzasidan fuqaro A.J. nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 88-moddasi 1-qismi bilan javobgarlikka tortildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati