Toshkent viloyati va Toshkent shahrida chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish holati bilan tanishish
08.
03. 2020
23:59
6949
Yangiliklar

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Sh. Abdurazakov va tegishli mutasaddilar tomonidan joriy yilning 8 mart kuni Ohangaron tumanida joylashgan Toshkent shahar maishiy chiqindi poligoni hamda Yashnobod tumani chiqindilarni qayta yuklash stantsiyasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan maishiy chiqindi poligonisanitar holat qoniqarsizekanligi sababli hududda obodonlashtirish hamda uning atrof-muhitga salbiy ta’sirini oldini olish chora-tadbirlarini belgilandi.

Jumladan:

– poligonda qo‘riqlashni kuchaytirish;
– poligonga olib boruvchi yo‘lni ta’mirlash (chiqindi poligonida kirish yo‘llari talab darajasida emas, bu o‘z navbatida transport vositalarini yaroqsiz holga kelishiga sabab bo‘lmoqda);
– poligondagi chiqindilarni tarkibini hamda atrof-muhitga keltirayotgan ta’sirini o‘rganish ishlarini olib borish;
– chiqindi poligoni hududini xususiy chiqindilarni qayta ishlovchi korxonalarni jalb qilgan holda biriktirib berish va buning natijasida chiqindilarni qayta ishlash orqali poligon kengayishini oldini olish;
– respublika shaharlarida sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan «Toza hudud» va «Maxsustrans» DUKlarni davlat-xususiy sherikchilik sharti bilan tarbirkorlik sub’ektlariga biriktirib berish;

Toshkent shahrida joylashgan chiqindilarni qayta yuklash stantsiyalari hamda chiqindi yig‘ish maydonchalarida chiqindilarni sanitariya-gigiena talablariga zid ravishda saralamasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqindi poligoniga yetkazib berish tizimini joriy etish yuzasidan tadbirlar belgilandi.

 

 

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar