![](/uploads/2020-01-14_main1340.jpg)
Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektorlari tomonidan 2020 yil yanvar oyida o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbiri davomida fuqaro T. Ruziboev Xorazm viloyati davlat zaxira yerlaridan 4 m.kub tabiiy holda o‘suvchi saksovulni noqonuniy kesganlik, shuningdek, fuqaro A.Sadullaev esa 8 m.kub tabiiy holda o‘suvchi saksovul daraxtlarini noqonuniy kesganlik holatlari aniklanib, O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 79 - modda 1 qismi bilan fuqarolarning har biri 1.115.000 so‘mdan jarimaga tortildi.
Birinchi holatda tabiatga yetkazilgan zarar 1.248.800 so‘m, ikkinchi holatda 2.497.600 so‘m miqdorini tashkil etdi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati