Buxoro viloyat: Shofirkon tumanida 6 ta yuridik korxona noruda foydali qazilmalar mavjud yer qa’ri uchastkalaridan samarali foydalanilish borasida noqonuniy faoliyat olib borayotganligi aniqlandi.
28.
08. 2019
14:56
5867
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi «Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4078-sonli qarorida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati hududida joylashgan noruda foydali qazilmalar mavjud yer qa’ri uchastkalaridan samarali foydalanilishini o‘rganish holati yuzasidan ishchi guruh tomonidan Shofirkon tumani hududidagi noruda foydali qazilmalar mavjud yer qa’ri uchastkalari ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish natijasida tumanda 25 ta yuridik korxona ish faoliyat olib borayotganligi, shundan 6 ta yuridik korxona o‘ziga tegishli bo‘lmagan ya’ni hududidan tashqarida noqonuniy faoliyat olib borayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan 6 ta yuridik korxonaga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, viloyat hokimligiga ma’lumot kiritildi.

Foydali manbalar