Andijon: Noqonuniy chiqindixona bartaraf etildi
05.
08. 2019
11:53
6677
Yangiliklar

Andijon viloyati Andijon tumani «Baxt» MFY, Jumabozor hududida yashovchi aholi tomonidan mazkur hududda noqonuniy chiqindixonalarning yuzaga kelganligi, o’z navbatida turli yuqumli kasalliklarning yuzaga kelishi ehtimoli borligi to’g’risida Andijon viloyati ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga murojaat kelib tushdi.

2019 yil 3 avgust kuni Andijon viloyati ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan ekologik reyd tashkil etilib, Andijon viloyati Andijon tumani «Baxt» MFY, Jumabozor hududida joylashgan ko’p qavatli uylar atrofi ko’zdan kechirildi.

Andijon tumani «Baxt» MFY, Jumabozor hududida joylashgan 5 ta ko’p (ikki) qavatli uylar 2017 yilda qurib foydalnishga topshirilgan. Hozirgi kunda ushbu hududda chiqindilarni yig’ish shahobchasi mavjud emasligi sababli «Toza hudud» DUK tuman filialiga qarashli ilgakli maxsus transport vositasining konteynerlari foydalanishga berilgan.

O’rganish kunida hudud Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hodimlari hamda «Toza hudud» DUK tuman filiali hodimlari bilan birgalikda chiqindilardan to’liq tozalanib obodonlashtirildi. «Toza hudud» DUK tuman filialiga qarashli ilgakli maxsus transport vositasining konteyneri olib kelib o’rnatildi. Hududda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlar o’tkazilib bundan buyon doimiy ravishda chiqindi tashlash konteyner orqali xizmat ko’rsatilishi, ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlar o’z vaqtida to’lab borilishi, shuningdek, maishiy chiqindilarni faqatgina belgilangan joyga tashlanishi yuzasidan targ’ibot va tashviqot ishlari o’tkazildi.
 


   

 

Foydali manbalar