Jizzax: Noqonuniy chiqindixonalarga barham berilmoqda
02.
08. 2019
12:00
6542
Yangiliklar

Mamlakatimizda aholi salomatligini yanada muhofaza etish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, shu orqali hududlarning sanitariya holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish chora tadbirlari to’g’risida»gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilayati.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspektsiyasi mutaxassislari tomonidan Zomin tumanida olib borilgan nazorat  tadbirida  iyul oyining uchinchi o’n kunligida 5 ta noqonuniy chiqindixonalar  borligi aniqlandi. Jumladan, Zomin tumanining «Mustaqillik» MFY  hududida noqonuniy chiqindixona to’planib qolganligini ma’lum bo’ldi.  Mahallada  noqonuniy chiqindilarningto’planib qolishiga  yo’l qo’yganligi  uchun «Mustaqillik» MFY raisi Qaynar Mirzaahmedov MJtKning 91 modda prem1, birinchi qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Shu o’rinda fuqarolarimizdan yashash joylaridagi maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlab ketmasliklarini iltimos qilamiz. Aks holda  tashlangan noqonuniy chiqindilarni tashlab ketganliklari uchun qonuniy jazoga tortilishlari mumkin.
 

Foydali manbalar