Quyi Amudaryo biosfera rezervatida daraxtlar kesilishiga oid xabar to’g’risida
01.
08. 2019
20:26
6157
Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook-guruhi «XALK NAZORATI - NARODNO’Y KONTROL» – 2019 yil 28 iyul kuni soat 19.56.da; https://www.facebook.com/groups/xalqnazorati/permalink/517585892313044/) Qoraqalpog’iston Respublikasida joylashgan qo’riqxona, u erda qo’porib tashlangan o’rmon yuzasidan qoldirilgan habarni o’rganib chiqdi.

Ushbu hodisa 4 yil avval sodir etilgan bo’lib, Quyi Amudaryo biosfera rezervati O’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi tasarrufida bo’lgan davrda sodir etilganligi aniqlangan bo’lib, 2016 yildagi Qo’mitaning Davlat bionazorati inspektsiyasi Amudaryo suv havzasi inspektsiyasi tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan  qonunchilikda belgilangan tartibda chora qo’llanilgan. Bunday holat hozirgi kunda qayd etilmagan.

Ijtimoiy tarmoqda aks etgan 95 Q 587 CA davlat raqamidagi avtoulov kuzovi rangi hozirgi kunda boshqa rangda  ekanligi aniqlandi.

O’z navbatida, Davlat ekologiya qo’mitasi o’z shaxsiy manfaatlari yo’lida kimlarnidir qoralab, dalillarni tekshirmasdan xabar joylashtirayotgan fuqarolardan mas’uliyatni chuqur his qilishlarini, buning ortida fuqaro hayoti, uning obro’-e’tiboriga putur etkazib qo’yish mumkinligini yoddan chiqarmaslikni so’rab qoladi.
 

 


 

 

Foydali manbalar