Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi faoliyatining 2019 yil birinchi yarim yilligi yuzasidan MA’LUMOT
08.
07. 2019
19:25
6119
Yangiliklar

O’tkazilgan davlat ekologik nazorati natijalariga ko’ra respublika miqyosida jami 16.824 ta qonun buzilish holati aniqlanib, shundan tabiatni muhofaza qilish qonun talablarini buzgan jami 16.824 nafar (171 nafari mansabdor shaxs) yuridik va jismoniy shaxslar javobgarlikka tortildi.

Huquqbuzarlarga nisbatan 7 mlrd. so’m jarima va da’volar belgilanib, 5,05 mlrd. so’m undirildi. Qolgan holatlar bo’yicha 1,95 mlrd.so’m jarima va zararni undirish hamda tegishli chora qo’llash maqsadida to’plangan hujjatlar tegishli organlarga (sud, prokuratura, MIB, IIB) kiritildi.

Aniqlangan huquqbuzarlik - 2.524 ta, belgilangan jarima – 513,4 mln. so’m, 2.093 ta holat bo’yicha 412,5 mln. so’m jarima undirilgan.

O’simlik dunyosiga etkazilgan zarar - 1.571 ta da’vo bo’yicha 2 mlrd 243. mln so’mni tashkil etib, shundan 1.232 ta ma’muriy ish yuzasidan 961,9 mln. so’m undirib olingan.

Jarima va zararni undirish hamda tegishli chora qo’llash maqsadida «O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni talablarini buzish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan rasmiylashtirilgan 189 ta ma’muriy hamda jinoiy ish hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga (sud, prokuratura, MIB, IIB) yuborildi.
 

Foydali manbalar