2019 yilning 11 mart kuni Toshkent shahrida 2019 yil 11-17 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan “Hashar week” loyihasiga start berilishi munosabati bilan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil qilindi.
11.
03. 2019
14:15
7356
Yangiliklar

2019 yilning 11 mart kuni Toshkent shahrida 2019 yil 11-17 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan “Hashar week” loyihasiga start berilishi munosabati bilan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil qilindi.

Ma’lumot: Loyiha muallifi -  Suna Park, Toshkent sharida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti lektori, “The K’orobe London” boshqaruvchi direktori.

 

     Mazkur loyihani amalga oshirishning asosiy tashkilotchilari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, “Maxsustrans” korxonasi, BMT Taraqqiyot dasturi, PepsiCo va boshqa qator xalqaro tashkilotlar hamda biznes-struktura vakillari  ishtirok etmoqdalar.

      So‘nggi yillarda Toshkent shahrida shahar hayotiga oid yorqin hamda muhim ahamiyatga ega ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda. 2019 yilning 11-17 mart kunlari Toshkent shahrida ilk marotaba aholi keng qatlami, shu jumladan, hukumat, nodavlat notijorat tashkilotlari, xususiy korxonalarning e’tiborini atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, xususan, chiqindilarni boshqarish masalasida ularning habardorligini oshirish, chiqindilarni saralash madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli loyiha amalga oshiriladi.

      Loyihaning maqsadi – aholi keng qatlamining atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, chiqindilarni boshqarish masalasida ularning habardorligini, ishlab chiqarilayotgan chiqindilar yuzasidan individual mas’uliyatni oshirish. Loyiha shuningdek, hashar an’anasini to‘g‘ri talqin va targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan.

Loyihaning asosiy vazifalari:

- chiqindilarning hosil bo‘lishini minimallashtirish uchun hukumat, nodavlat notijorat tashkilotlari, OAV, xususiy korxonalar, biznes tashkilotlarining hamda fuqarolarning s’ay-harakatlarini bir maqsad sari birlashtirish, shuningdek, chiqindilarni qayta ishlash sohasining rivojlanishi uchun samarali poydevorni yaratish;

- fuqarolarning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, xususan, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish yuzasidan habardorligini oshirish;

- chiqindilarni alohida saralash madaniyatini rivojlantirish va targ‘ib qilish, shuningdek, saralangan ikkilamchi xom ashyoni yig‘ish va topshirish mexanizmlarini takomillashtirish va boshqalar.

Tadbirda ta’kidlanganidek, bugungi kunda mamlakatimizda chiqindilarni kompleks boshqarish tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda. SHu munosabat bilan aholi o‘rtasida chiqindilarni alohida saralash madaniyati va tajribasini shakllantirish, shuningdek, saralangangan chiqindini topshirish va yig‘ish mexanizmlarini takomillashtirish muhim hisoblanadi.

Hafta davomida tadbirlar 4 ta yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi: Harakatlar, Ma’rifat, San’at va Biznes.

Harakatlar #HasharWeekGo:

-  Chiqindilarni plastik, qog‘oz, shisha va plastik paketlarga alohida saralang; 
-  “Hashar Week” mobil ilovani yuklang va aksiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting; 
-  Qabul qilish punktlariga (Toshkent shahridagi 11 ta tumanlarda 21 ta joy) saralangan chiqindilarni topshiring va sovg‘alarni qabul qiling. 

Ma’rifat #HasharWeekTalk:

- Toshkent shahridagi 22 ta maktabda interfaol tarzda “ochiq dars”lar; 

-  4 ta ommaviy leksiya; 

San’at #HasharWeekArt:

- Tatyana Fadeeva, Sharifa Sharifxodjaeva, Sanjar Djabborov, Nuriddin Rasulov, Diyor Razikov, Oksana Danilevskaya ishtirokida Toshkent Fotografiya uyida badiiy ko‘rgazma. 
Biznes #HasharWeekBusiness: 

-  Konferensiya “O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot: illyuziya yoki haqiqat?”;
-  Yashil startap loyihalarning taqdimoti; 

-  Panel munozara: “O‘zbekistonning ekoturistik salohiyati”.

Batafsil: http://www.hasharweek.uz/web/ru

 

 

Foydali manbalar