![](/uploads/2020-01-16_mian2030.jpg)
2020 yilning 15 yanvar kuni Navoiy viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan Konimex tumanining cho‘l hududlarida tungi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd tadbiri davomida Konimex tumani «Yangi-G‘azg‘on» OFY da yashovchi fuqaro X.Tileubaev o‘ziga tegishli «Ford» rusumli avtotransport bilan 2 metr kub saksovul o‘simligi butalarini sindirib olib ketayotgan vaqtida ushlandi. X.Tileubaevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 79-moddasi 1-qismiga ko‘ra 1 115 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi hamda tabiatga yetkazilgan zararini qoplash uchun 624 400 so‘m hisoblandi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati