Farg‘ona viloyati: Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi «SANFA VAYBER» MChJ ga tashrif buyurdi
25.
05. 2020
18:54
5504
News

Joriy yil 25 may kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Sh. Abdurazakov Farg‘ona shahridagi chiqindilarni qayta ishlovchi «SANFA VAYBER» MChJ ga tashrif buyurdi.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona shahar «Qirguli» mavzesida joylashgan «SANFA FIBER» MChJ bir yilda 2000 tonna plastmassa idishlarni qayta ishlab, sintefon va sport to‘shamalarini ishlab chiqaradi.

Tashrif davomida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi mazkur korxona faoliyati va yangi keltirilgan texnikalar bilan yaqindan tanishdi. Shuni ta’kidlash lozimki, chiqindilarni qayta ishlovchi mazkur texnikalar bir kunda o‘rtacha 1520 tonna, bir yilda esa 4 500 tonna chiqindini qayta ishlashga mo‘ljallangan. Tashrif yakunida korxona rahbariyati bilan dolzarb masalalar yuzasidan muhokomalar o‘tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources