O‘zbekiston mobil ekologik laboratoriyalar
11.
05. 2020
12:20
6215
News

Mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof muhit holatini real hamda tezkor baholash, bunda zamonaviy vositalardan keng foydalanish, o‘z navbatida tezkor choralarni qo‘llash ham ekologik, ham aholi salomatligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlat ekologiya qo‘mitasining, Jahon banki hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi bilan hamkorlikdagi «Orol dengizi mintaqasida iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish dasturi» (CAMP4ASB) loyihasi doirasida ikkita mobil ekologik laboratoriyalar harid qilinib, O‘zbekistonga olib kelindi.

Mazkur mobil ekologik laboratoriyalar zamonaviy o‘lchov uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, avtomatik tarzda atmosfera havosining tarkibidagi 20 ta ifloslantiruvchi moddalar miqdorini aniqlash imkonini berib, yuqori darajadagi ishonchli asbob-uskunalar bilan jihozlangan.

Mobil laboratoriyaning afzal tomonlari shundaki, u aholidan kelib tushadigan murojaatlar yuzasidan yoki avariya holatlari aniqlangan taqdirda joyiga chiqib, zarur bo‘lgan tahlil o‘lchovlarini tezkor amalga oshirish imkonini beradi.

Bayon etilgan mobil laboratoriya tarkibi namunalarni olish, tayyorlash va taqsimlash tizimi; statsionar gazoanalizatorlar, gazli xromatograflar; kalibratorlar; ma’lumotlarni yig‘ib olish, qayta ishlash va saqlash tizimi; atrof-muhitning meteorologik parametrlarini o‘lchovini olib boradigan uzatgichlar; gazoanalizatorlarni va xromatograflarni kalibrlash uskunalaridan iborat.
 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources