Daryolar o'zanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibini joriy etish tug'risida
05.
05. 2020
21:37
7618
News

O'zbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Daryolar o'zanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibini joriy etish tug'risida” 2018 yil 3 dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 19-bandi ikkinchi xatboshisiga asosan, joriy yilning aprel oyi davomida Tayloq va Urgut tumanlari chegaralari kesishmasida joylashgan “Raxmatobod” MFY xududidan oqib o'tuvchi Zarafshon daryosi o'zanidagi 5 ta, Namangan viloyati Yangiqurg'on tumani “Zarkent” MFY xududidan oqib o'tuvchi Podshootasoy soyi o'zanidagi 2 ta, Andijon viloyati Paxtaobod tumani “Sangrobod” maxalla fuqarolar yig'ini xududidan oqib o'tuvchi Qoradaryo daryosi o'zanidagi 1 ta, Andijon viloyati Xonobod shaxar “Yangi zamon” MFY xududidan oqib o'tuvchi Qoradaryo daryosi o'zanidagi 1 ta, Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumani “Alimkent” va “Madaniyat” MFYlari xududidan oqib o'tuvchi Oxangaron daryosi o'zanidagi 1 ta, Namangan viloyati Pop tumani “Eskiobod” MFY xududidan oqib o'tuvchi Tovasoy soyi o'zanidagi 1 ta, Jizzax viloyati Baxmal tumani “Baxmal” KFY xududidan “Sangzor” KFY “Udamali” qishlog'igacha oqib o'tuvchi Sangzor daryosi o'zanidagi 2 ta, Andijon viloyati Andijon tumani “Toshmatov”, “Patidsinov” va “Omonov” massivlari xududidan oqib o'tuvchi Qoradaryo daryosi o'zanidagi 1 ta, Sirdaryo viloyati Guliston tumani “Boyovut” SIU 13, 17, 18, 19, 63, 64, 65, 66, 67 va 68 kontur xududlaridan oqib o'tuvchi Sirdaryo daryosi uzanidagi 1 ta, jami 15 ta uchastkalarda o'zan tozalash jarayonida qum-shag'al materiallarini qazib olish bo'yicha tayyorlangan loyixalarni amalga oshirish huquqlari “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali auksion yo'li bilan realizatsiya qilish uchun www.e-auksion.uz saytiga joylashtirilganligini maʼlum qilamiz.

 

Useful resources