Samarqand viloyati: Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari navbatdagi tashrifi bilan Urgutda bo‘ldi
29.
04. 2020
15:46
5691
News

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari I.Boqijonovning navbatdagi tashrifi Samarqand viloyatining Urgut tumaniga bo‘ldi. Tashrif asnosida rais o‘rinbosari viloyat «Toza hudud» davlat unitar korxonasi Urgut tuman filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

I.Boqijonov filial faoliyatidagi mavjud kamchilik va bir qator yutuqlarni o‘rganar ekan, filial avtogarajiga onlayn kuzatuv kameralarini o‘rnatish, haftaning yakshanba kunlari ham zaxira haydovchilar hisobiga maxsus texnikalarni yo‘nalishlarga chiqarish, sanitar xizmatlar bilan tuman aholisini qo‘shimcha tarzda qamrab olish borasidagi zarur topshiriqlarni berdi.
 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources