«Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati tashabbusi yo‘lida
24.
04. 2020
15:52
6169
News

Mamlakatimizda koronavirus infektsiyasini oldini olish maqsadida e’lon qilingan karantin davrida ehson-saxovatlarni har qachongidan ko‘paytirish, oilalarga, bemor va nogironlarga yordam qo‘lini cho‘zish, muhtojlar holidan xabar olish fazilatli va savobli ishlardan sanaladi.

Davlatimiz rahbari o‘tkazilayotgan har bir yig‘ilishlar avvalida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida to‘xtalib, vaqtincha ishlamayotgan va yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni manzilli asosda oziq-ovqat va dori-darmon bilan ta’minlash ko‘lamini yanada kengaytirish kerakligi ta’kidlamoqdalar.

Yurtboshimiz xalqimizning tarixiy va ma’naviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda, «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yish tashabbusini ilgari surdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda tizimdagi hududiy boshqarmalari ana shunday savobli ishga qo‘l urdilar.

Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimida faoliyat olib borayotgan mehr-e’tiborga muhtoj oilalar, mahallalar doirasida kam ta’minlangan, yakka yolg‘iz keksa avlod vakillari hamda boshqarma tizimida uzoq yillar mobaynida samarali mehnat qilgan va bugungi kunda nafaqada bo‘lgan fahriylarning holidan xabar olindi.
 

 

 

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources